“ISLOM KARIMOV ASARLARI BILIMDONI 2018” KO‘RIK-TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHINI YAKUNLARI TO‘G‘RISIDA BILDIRISHNOMA

23.05.2018| Yangiliklar

ISLOM KARIMOV ASARLARI BILIMDONI 2018” KO‘RIK-TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHINI YAKUNLARI TO‘G‘RISIDA
BILDIRISHNOMA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi
PQ-2744-son “O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotiras0ini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi va 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3404-son “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorlar ijrosini taminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlari bo‘yicha bilim ko‘nikmalarini yanada oshirish va buyuk davlat va siyosat arbobiga nisbatan hurmat hissini yanada shakllantirish, o‘quvchilar madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, o‘quvchilar erishayotgan yutuqlarni targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 13 martdagi 68-son “Islom Karimov asarlari bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining ijrosi yusazidan Respublika ta’lim markazi direktorining “Islom Karimov asarlari bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida 2018 yil 3-apreldagi 13-son buyrug‘i qabul qilindi.

Mazkur ko‘rik-tanlov ko‘zlangan asosiy maqsad–O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovga nisbatan o‘quvchilar qalbida yuksak hurmat tuyg‘usini shakllantirish bilan birgalikda buyuk davlar arbobi  qoldirgan o‘lmas merosni o‘rganish. I. Karimov asarlari asnosida uning  mazmun-mohiyatini o‘quvchilar ongiga singdirish, ularning miliy ma’naviyati va madaniyatini shaklantirish, o‘quvchilar o‘rtasida cog‘lom raqobatni yaratish, faol o‘quvchilar erishayotgan natijalarni targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlash hamda ularni dahldorlik va mas’uliyat  ruhida tarbiyalashdir.

2018 yilning  11-12 may kunlari A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi  rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi va respublika bosqichini g‘oliblarini taqdirlash marosimi   14 :00 da taqdirlash marosimi   o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hududiy bosqichlarida yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning 14 ta ijodiy ishlari, Islom Karimov asarlari bo‘yicha har bir qatnashchiga 3 tadan savol hamda
3-va 4 shartlar bo‘yicha O‘zbek shaoirlarining “Mustaqillik”, “Vatan” haqidagi she’rlari va 20 ta test savollari yuzasidan  hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan xolisona va oshkoralikda tahlil etilib, haqqoniylik asosida baholandi. Bunda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlari ijodiy ishga yondashish, berilgan savollargan mazmunan to‘laqonli javob berishi bilan birgalikda sha’rni ifodali aytishigacha bo‘lgan jarayonlar hakamlar tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganilib o‘quvchilar tomonidan  Islom Karimov asarlarining mazmun-mohiyatini keng ochib berishga harakat qilinganligi va ulardagi mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalari shakllanganligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, hakamlar hay’ati a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida, Islom Karimov nomidagi hayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv Akademiyasi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Madaniyat vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rafat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetidan jalb etildi.

  Har bir ishtirokchining ijodiy ishlari, berilgan savollarga javoblari I.Karimov asarlari bo‘yicha testga belgilagan javoblari hamda O‘zbek shaoirlari tomonidan yozilgan she’rlarni aytib berish jarayonlari bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bayon etib, o‘quvchilarda  yildan-yilga ushbu tanlovning nufuzi ortib borayotganiligi hamda ular ko‘rik-tanlovga juda puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda ishtirok etganliklari haqida iliq fikr bildirildi.

 

G‘oliblarni taqdirlash:

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari, ishtirokchilari va o‘qituvchilari vazirlikning
1-2-3-darajali diplomlari, faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan quyidagi tartibda taqdirlandi:

1-o‘rin: Xorazm viloyati Xonqa tumani 1-maktabning 10 sinf o‘quvchisi Shavkatova Yodgora San’at qizi

2-o‘rin: Surxondaryo viloyati Qo‘mqo‘rg‘on  tumani 11-IDUM o‘quvchisi Tojieva Rushana Alisher qizi

3-o‘rin: Toshkent shahar Shayhontohur tumani 34-maktab o‘quvchisi Qodirova Vazira Alisher qizi

Shuningdek, ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari Yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining esdalik sovg‘alari bilan ham taqdirlandi.  

Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etgan o‘quvchilar va ularga biriktirilgan mas’ullar yotoqxonalar bilan hamda xavfsizliklari va sog‘liqlari ta’minlangan holda, o‘rnatilgan tartibda Toshkent shahriga kelib-ketishlari ta’minlandi.