An’anaviy Avgust kengashlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar

17.08.2018| Yangiliklar

Mamlakatimizning ta’lim tizimida keng qamrovli jarayonlar kechayotgan bir paytda o‘tkazilayotgan an’anaviy Avgust kengashlari 2018-2019 o‘quv yili oldidan “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan an’anaviy Avgust kengashlari orqali ta’lim muassasalari rahbarlarining mas’uliyati va tashabbuskorligini, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning jamiyatdagi mavqiyini oshirish, ularni ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash kasbiy salohiyati va mahoratlarini yanada oshirish, yangi o‘quv yilidagi eng muhim va ustuvor vazifalarni belgilab olish hamda axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iboratdir.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yili 17 iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish belgilangan vazifalarni keng ommaga yetkazish hamda 11-sinf o‘quvchilarini o‘qitishda darsliklardagi yangiliklar hamda o‘qitishning yangi metodologiyalari bilan tanishtirsh maqsadida Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 28 iyundagi 193-son buyrug‘i qabul qilindi. Mazkur buyruqda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Respublika ta’lim markazi tomonidan Avgust kengashlarining yalpi va sho‘ba yig‘ilishlarini o‘tkazish hamda fanlar kesimidagi quyidagi tavsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq.

T/r Avgust kengashi mavzulari Maruzachi:
1 Umumiy o‘rta ta’limning 2018-2019 o‘quv yili tayanch o‘quv rejasi asosida o‘quv dastur va darsliklardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida. Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari Pardaeva Mexriniso Daniyorovna
2 2018-2019 o‘quv yilida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlariga tavsiyalar. Boshlang‘ich ta’lim bo‘limi boshlig‘i Jumanova Zarifa Rasuljonovna
3 2018-2019 o‘quv yilida Filologiya fanlari (ona tili, adabiyot, o‘zbek tili) ta’limi samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar. Filologiya fanlari boshlig‘i boshlig‘i Boymurodova Gulzoda Toshtemirovna
4 Методические рекомендации по проведению сексии учителей русского языка и литературы по Августовской конференции.

Сирдарё вилояти Янгиер шаҳридаги 5-мактаб рус тили ўқитувчиси Мусурмонкулова Юля Юриевна

5 Chet tillar ta’limini uzlyluksiz joriy etilishining navbatdagi bosqichlari yuzasidan metodik tavsiyalar. Xorijiy tillar bo‘limi metodisti Kazakova Soxiba Abdurayimovna
6 2018-2019 o‘quv yilida fizika fanidan Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlariga tavsiyalar. Amaliy va tabiiy fanlar bo‘limi metodisti Sangirova Zamira Bazarbaevna
7 Kimyo fanidan bilim samaradorligini oshiraylik. Amaliy va tabiiy fanlar bo‘limi metodisti Shoisaeva Guzal Sodiqovna
8 2018-2019 o‘quv yilida biologiya fanidan Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlariga tavsiyalar. Amaliy va tabiiy fanlar bo‘limi metodisti Niyazova Surayo
9 2018-2019 o‘quv yilida geografiya fanidan Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlariga tavsiyalar. Amaliy va tabiiy fanlar bo‘limi metodisti Nazaralieva Esangul Yangibaevna
10 11-sinf Tadbirkorlik asoslari fanini o‘qitish yuzasidan tavsiyalar. Yashnobod tumanidagi 282-maktab o‘qituvchisi Xusanova Ozoda Abdullaevna
11 Matematika fanidan Avgust kengashiga tavsiyalar. Yashnobod tumanidagi 307-umumta’lim maktab o‘qituvchisi Soibova Iroda Baxtiyorovna
12 Aniq fanlarni o‘qitishda informatika va axborot texnologiyalari fanining o‘rni. Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari Pardaeva Mexriniso Daniyorovna
13 2018-2019 o‘quv yilida Tarix, Dunyo dinlari tarixi fanidan Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlariga tavsiyalar. Ijtimoiy fanlar va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi metodisti O‘tanov Xurshid Sheralievich
14 2018-2019 o‘quv yilida davlat va huquq asoslari fanidan Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlariga tavsiyalar. Ijtimoiy fanlar va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi metodisti A’loxonov Muhriddin To‘raxonovich
15 Milliy o‘zlikni anglashda ijtimoiy fanlarning o‘rni. Ijtimoiy fanlar va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi metodisti Jabborova Zebo Nurqobilovna
16 Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya fanlarining o‘qitilishi yuzasidan tavsiyalar. Amaliy fanlar bo‘lim boshlig‘i Shamsieva Zulfizar Saidakbarovna
17 2018-2019 o‘quv yilida Jismoniy tarbiya va Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlarining o‘qitilishi bo‘yicha tavsiyalar. Amaliy fanlar metodisti Ro‘zieva Yulduzxon Abdirashidovna
18 Axborot-ta’lim portaliga joylashtirilgan resurslar, elektron dars ishlanmalarni tayyorlashda fan o‘qituvchilaridan dasturlarni talab etmaydigan va bevosita foydalanish mumkin bo‘lgan sodda dasturlardan foydalanish Multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi A.Pardaev
19 Ta’lim sifati monitoringini tashkil etish va o‘tkazishda xalqaro PISA baholash dasturlaridan foydalanish Ta’lim sifati monitoringi jarayonini metodik ta’minlash bo‘limi metodisti Abdullaev Farrux Rustam o‘g‘li
20 O‘quvchilarning ma’naviyatini shakillantirishda tarbiyaviy soatlarning ahamiyati. Sinf rahbarining o‘quvchilarni ta’lim-tarbiyali, komil insonlar etib voyaga etkazishida tarbiyaviy soatlarning ahamiyati, ularni tashkil etish va o‘tkazish. Mustaqillik darslarini tashkil etish va o‘tkazish. Ijtimoiy fanlar va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i Jo‘raev O‘tkir Ortiqbaevich
21 Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasb-xunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish omillari. Respublika tashxis markazi direktori o‘rinbosari K.Jo‘raboev