2018-2019 o'quv yilida foydalaniladigan o'quv dasturlari ro'yxati

31.08.2018| Yangiliklar

T/r Sinflar Foydalaniladigan oʻquv dasturlarning asoslovchi hujjatlari
1 1*-, 2*-, 4-, 6-, 7-sinflar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 apreldagi “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 187-son qarorida belgilangan malaka talablari asosida tuzilgan, Xalq taʼlimi vazirining 2017-yil 3 iyundagi 190-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan oʻquv dasturlardan foydalaniladi.
2 10-sinf Xalq taʼlimi vaziri hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017 yil 18 avgustdagi 43/65-QQ-sonli qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan oʻquv dasturlaridan foydalaniladi.
3 3-, 5-, 8-, 9-sinflar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2010 yil 1 iyuldagi 62/2/4/1-sonli qoʻshma hayʼat majlisi qarori bilan tasdiqlangan optimallashtirilgan oʻquv dasturlaridan foydalaniladi.
4 11 sinflar 11-sinflar uchun tasdiqlangan o'quv dasturlari