Darsliklar va oʻquv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish

20.09.2018| Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5538-sonli farmonida xalq taʼlimi tizimiga oʻquv va oʻquv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda oʻquv rejalar va dasturlarni optimallashtirishga doir bir qator vazifalar belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 18 sentyabr kuni soat 15:00da Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari A.Umarov raisligida 1-,3-,8-,9-sinflar (1-,4-,7-sinflari chet tillari) darsliklari va oʻquv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan oʻquv dasturlari ishchi guruxi aʼzolari, darslik mualliflari hamda nashriyot xodimlari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish davomida quyidagi vazifalar belgilab olindi.

Ijodiy gurux aʼzolariga qoʻyilgan vazifalar

  • kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan 3, 8, 9 sinflar oʻquv dasturlarini ilgʻor milliy va xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish (muddat 25.09.2018)
  • davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarining oʻquvchilarda shakllantirish zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar darajasiga qoʻyilayotgan zamonaviy talablarga mosligini taʼminlash;
  • Takomillashtirilgan oʻquv dasturlarini tasdiqlash uchun XTV ga taqdim etish (muddat 2018 yil 27 sentyabr);
  • Tasdiqlangan oʻquv dasturlarini tegishli nashriyot va darslik mualliflariga taqdim etish (muddat: 2018 yil 2 oktyabr)
  • kompetensiyaviy yondashuv asosida ishlab chiqilgan DTS va oʻquv dasturlari asosida oʻquv-metodik majmualar, jumladan, darslik, elektron axborot taʼlim resurslari va metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va joriy etish (muddat 2019 yil 1 martga qadar);
  • Oʻquvchilar tomonidan davlat taʼlim standartlari talablarining bajarilishi darajasini baholash mezonlari va metodlarini takomillashtirish.

Darsliklarni nashrga tayyorlash boʻyicha belgilangan vazifalar

Nashriyotlarning vazifalari

- darsliklarni “Texnik tafsilotlar” jadvali va SanPin talablari asosida nashrga tayyorlash;

- darsliklarning original va tarjima maketidagi dizayn, orfografik, punktatsion, grammatik, stilistik xatolari boʻyicha kamchilik va nuqsonlarni koʻpi bilan 3 (uch) ish kuni muddati ichida toʻliq tuzatish;

- darsliklarning muqovasi va ichki qismlaridagi rasmlarni toʻgʻri tanlash;

- darsliklarning dizaynini yaratish, matn va illyustratsiyalarning oʻzaro uygʻunligini taʼminlagan holda joylashtirish;

- zarur hollarda muallif bilan hamkorlikda darsliklarga tegishli oʻzgartirishlarni oʻrnatilgan tartibda kiritish va.h.k.

Darslik mualliflarining vazifalari

  • darsliklarni (koʻchirmakashlikka yoʻl qoʻymasdan) ijodiy va ilmiy yondashgan holda yaratish;
  • darsliklarni zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida yaratish;
  • darslik mazmunini Davlat taʼlim standartlariga va optimallashtirilgan oʻquv dasturiga muvofiqlashtirish;
  • darslikda berilgan mavzularning ajratilgan dars soatlariga toʻliq muvofiqlashtirish;
  • barcha maʼlumotlarni ilmiy jihatdan toʻgʻri yoritish hamda misol, mashq va masalalari yechimining toʻgʻriligiga erishish;

oʻquv materiallarini tanlashda zamonaviylikka, mustaqillik yillarida yaratilganligiga eʼtibor qaratish va qiziqarli usullarda bayon etish va h.k.

Yigʻilishda koʻrilgan masalalar yuzasidan taqdimotlar:

  1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun chop etilayotgan darsliklarni nashrga tayyorlash jarayoni toʻgʻrisida
  2. Umumiy oʻrta taʼlimning Davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari
  3. Adabiyot fanidan takomillashtirilgan oʻquv dasturlar haqida (8-9 sinflar)
  4. Biologiya fanidan 8-, 9-sinf takomillashtirilgan oʻquv dasturlari toʻgʻrisida
  5. Aniq fanlar blok moduli boʻyicha Matematika fanidan 3-sinf dasturlarining joriy etilishi xususida
  6. Filologiya fanlar blok moduli boʻyicha Oʻqish fanidan 3-sinf dasturlarining joriy etilishi xususida
  7. Umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun Chet tili fanlaridan yaratilgan oʻquv dasturlari toʻgʻrisida
  8. Fizika fanidan 8-, 9-sinf takomillashtirilgan oʻquv dasturlari toʻgʻrisida
  9. Ijtimoiy fanlar blok moduli boʻyicha Davlat va huquq asoslari fanidan 8-9-sinf dasturlari (loyihasi)ning joriy etilishi xususida
  10. Iqtisodiy bilim asoslari fanidan oʻquv dasturining tahlili (8-9-sinflar uchun)
  11. Kimyo fanidan 8-, 9-sinf takomillashtirilgan oʻquv dasturlari toʻgʻrisida
  12. Matematika fanidan 8-, 9-sinf takomillashtirilgan oʻquv dasturlari toʻgʻrisida
  13. Oʻzbek tili (taʼlim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun) 3-8-9-sinf oʻquv dasturi tahlili
  14. Qirgʻiz tili fanidan 8-, 9-sinf oʻquv dasturlari toʻgʻrisida
  15. Turkman tili fanidan 8-9-sinflar oʻquv dasturlari toʻgʻrisida
  16. Rus tili va adabiyoti fanidan (taʼlim rus tilidagi maktablar uchun) oʻquv dasturiga kiritiladigan oʻzgarishlar loyihasi toʻgʻrisida
  17. Taʼlim oʻzbek va boshqa tillardagi maktablar uchun Rus tili fani oʻquv dasturidagi oʻzgarishlar xususida