2019-2020 oʻquv yiliga chop etilishi rejalashtirilgan darslik va oʻquv qoʻllanmalar muhokama etildi

05.10.2018| Yangiliklar

2018 yil 19 sentyabr kuni Respublika taʼlim markazida Imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim muassasalarini metodik taʼminlash boʻlimi tomonidan 2019-2020 oʻquv yilida chop etilishi rejalashtirilayotgan 65 nomdagi darslik va oʻquv-qoʻllanmalarni nashrga tayyorlash hamda aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar taʼlim muassasalarining 10-sinflari uchun chop etilishi rejalashtirilgan 14 nomdagi yangi darsliklar (4 nomdagisi tarjima) uchun yaratilgan dasturlar va mualliflar guruhini muhokama qilish, nashr etish uchun masʼul nashriyotlarni belgilab olish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.