Oʻqituvchilarining kasbiy kompеtеntligini shakllantirishda mustaqil taʼlimning oʻrni

15.10.2018| Maqolalar

Nizomiy nomidagi TDPU “Kasb taʼlimi metodikasi”
kafedrasimudiri, p.f.n., dos. O.A.Qoʻysinov,

Oʻqituvchilarni kasbiy–pedagogik tayyorlash sifatini tubdan oshirish uning mazmuni bilan bevosita bogʻliqdir. Pedagogik kadrlar tayyorgarligi sifatini sezilarli darajada oshirish uchun pedagogik va texnik bilimlar sintezini taʼminlash zarur. Oʻqituvchilarni kasbiy shakllantirish pedagogik va texnik bilimlarni fan, taʼlim, texnika, texnologiya va ishlab chiqarish iqtisodiyoti sohalaridagi oʻzgarishlarga asoslangan integratsiyasi taʼlim jarayonining samaradorligini taʼminlashga xizmat qiladi. Ushbu jarayon oʻqituvchilarni tayyorlash mazmunini asoslash va kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasini yaratishda muayyan oʻzgarishlarni amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Nazariy manbalar mazmuni bilan tanishish, oliy taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganish va dalillarni tahlil etish oʻqituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda bir qator qarama-qarshiliklar mavjudligini koʻrsatdi, xususan:

  • oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisining yetuk mutaxassis maʼlumoti darajasi bilan Davlat taʼlim standartining modernizatsiyalashgan mazmuni va hajmiga qoʻyilayotgan meʼyoriy talablar hamda uning shaxsiy imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish darajasi oʻrtasida;
  • oliy taʼlim muassasalarida oʻqituvchilari kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonida qoʻllanilayotgan anʼanaviy hamda innovatsion metodlar oʻrtasida;
  • oʻqituvchi shaxsi va uning kasbiy kompetentliginishakllantirishda pedagogik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oliy taʼlim muassasalari faoliyati bilan talabani boʻlajak oʻqituvchi sifatida tayyorlash jarayonini rivojlantirish mexanizmi hamda qonuniyatlari oʻrtasida;
  • pedagogik turkum fanlarning kasb taʼlimi oʻqituvchisi shaxsiy hamda kasbiy kompetentliginishakllantirish borasida umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bilan integratsiyalash imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayotganligi oʻrtasida;
  • ilmiy-texnik taraqqiyot, yangilanib borayotgan jamiyatning mahoratli pedagog shaxsiga nisbatan ortib boruvchi talablari bilan kasb taʼlimi oʻqituvchilari kasbiy kompetentliginishakllantirish asosiy qismining oʻz-oʻzini rivojlantirib borish sharoitida faoliyat yuritishga tayyor emasliklari oʻrtasidagi ziddiyatlar kabilarni koʻrsatish mumkin.

Bu kabi qarama-qarshiliklarning asosiy manbai va sababi – kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning taʼminlovchi mavjud tizimning mukammal emasligidir. Boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish, oliy taʼlim muassasalarida ularning kasbiy va shaxsiy kamolotini taʼminlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, oʻqituvchilarni tayyorlash mazmuni va tuzilmasini modernizatsiyalash, psixologik-pedagogik sharoitlarini aniqlash hamda uning sifatini nazorat qilish va baholash mexanizmini ishlab chiqish mazkur loyiha asosiy maqsadini belgilaydi.

Taʼlim jarayonini takomillashtirishning muhim omili oliy taʼlim tizimida oʻqituvchilarning kasbiy kompetentligini yuqori darajada shakllantirilishi bilan uzviy bogʻliq. Shu sababli, zamonaviy taʼlim texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish negizida boʻlajak oʻqituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonining nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish muammoning dolzarbligini belgilaydi.

Shu munosabat bilan boʻlajak oʻqituvchilarni oliy taʼlim muassasasida tayyorlash davridan talab qilinadigan kasbiy kompetentlik darajasini taʼminlaydigan yangicha yondashuvlarni ilmiy asoslash dolzarb vazifa boʻlib kelmoqda.

Mutaxassislarni kasbiy jihatdan tayyorlash borasida Ispaniya, Belgiya, Fransiya, Germaniya va boshqamamlakatlarda amalda boʻlgan taʼlim mazmunini bevosita oʻrganishi shuni koʻrsatadiki, Gʻarb mamlakatlarida asosiy oʻrinni mutaxassisning kompetentlik malaka darajasi egallaydi. Respublikamizning milliy taʼlim tizimi mohiyatiga koʻra taʼlim mazmunining minimal talablari bilim, koʻnikma va malakaga asoslanadi.

Agarda “kompetent” va “kompetentlik” tushunchalarining etimologik tahliliga nazar tashlasak, ular tasodifan yuzaga kelmaganligini anglash mumkin.

Kompetentlik talaba tomonidan alohida bilim va malakalarni egallanishini emas, balki har bir mustaqil yoʻnalish boʻyicha integrativ bilimlar vaharakatlarning oʻzlashtirilishini nazarda tutadi.

Bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasiga qoʻyiluvchi talablar nuqtai nazaridan kompetentliktalabalarning muayyan vaziyatlarda bilim, malaka va faoliyat usullari toʻplamini maqsadga muvofiq qoʻllash qobiliyatini anglatadi.

Kompetentlik – bu talabaning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarning egallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qoʻllay olishi bilan ifodalanadi. Mazkur oʻrinda “kompetentlik” tushunchasining mohiyati ham toʻla ochiladi, u quyidagi ikki koʻrinishda namoyon boʻladi: kompetentlik talabalarning shaxsiy sifatlari toʻplami hamda kasbiy sohaning tayanch talablari sifatida.

Taʼlim mazmunining oʻquv rejadagi fanlar bloklari (barcha fanlar uchun), fanlararo (fanlar toʻplami uchun) va predmetli (maʼlum bir fan uchun) tarzda guruhlanganligi bois quyidagi uch darajani namoyon etuvchi kompetentlikni eʼtirof etib oʻtamiz:

  • tayanch kompetentlik (taʼlimning gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy mazmuniga koʻra);
  • fanlararo kompetentlik (umumkasbiy tayyorgarlikning oʻquv fanlari va taʼlim bloklarining maʼlum doirligiga koʻra);
  • bitta predmet(fan) boʻyicha kompetentligi (maxsus oʻquv fani doirasidaaniq va maʼlum imkoniyatga egaligiga koʻra).

Shunday qilib, tayanch kompetentlik oliy pedagogik taʼlimning har bir bosqichi uchun taʼlim bloklari va oʻquv fanlari darajasida aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik taʼlimning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy koʻnikmalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Boʻlajak oʻqituvchilarni tayyorlashda mustaqil taʼlimni tashkil etish, ularning oʻz-oʻzini rivojlantirib borish sharoitida faoliyat yuritish jamiyat rivojida asosiy kuch xisoblangan yetuk mutaxassislarni tayyorlash masalasiga ijobiy yondoshuvni talab qiladi. Mustaqil taʼlim olish jarayonini faollashtirish, talabalardamustaqil taʼlim olishga boʻlgan intilish, mavzuga oid maʼlumotlarni internet orqali izlash, oʻqib oʻrganish, mustaqil taʼlim olish koʻnikma va malakalarini shakllantirish zarurligi taʼlim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligi tahlil qilindi. Oʻqituvchilarni tayyorlashda mustaqil taʼlimni tashkil etish amaliy kasbiy faoliyatlari jarayonida turli texnologik operatsiyalarni bajarish jarayonida muxim axamiyat kasb etadi. Jumladan Qirqish chilangarliktayyorlov operatsiyasi boʻlib, uning mohiyati profil yoki list materialdan qirquvchi asbob yordamida zagotovka qirqib olishdan iborat. Mehnat taʼlimi praktikumi dasturida qirqishning quyidagi turlari: dastagi chilangarlikarrasi bilan qirqish, dastagi richakli qaychilar bilan qirqish, trubani qirqqich bilan qirqish usullarni bajarishni oʻrganish koʻzda tutiladi. Dastagi arra bilan qirqayotganlarida talabalar oʻzlariga maʼlum boʻlmagan usullarga duch keladilar. Ularni bajarish uchun esa ularni yaxshilab oʻrganib olish zarur. Dasturga koʻra, qirqish mavzusini odatda, egovlash mavzusidan oldin oʻrganish koʻzda tutiladi. Mavzuning oʻquv vazifalari uning oʻquv mazmunidan kelib chiqadi. Ular quyidagilardan iborat: talabalarni arra dastgohini toʻgʻri yigʻishga oʻrgatish, profili poʻlat va trubalarni arra bilan qirqish usullarini toʻgʻri bajarishga oʻrgatish. Trubalarni truba qirqqich bilan qirqib boʻlishga oʻrgatish.

Ushbu jarayonlarda sodir boʻladigan amaliy faoliyatlar va xatoliklar, ularni yechish yoʻllari quyidagicha koʻrinish oladi.

Talabalarmustaqil ishlashlarida sodir boʻladigan xatolar

Amaliy mashgʻulot jarayonida sodir boʻladigan xatolar sabablari

Oʻz-oʻzini nazorat qilish va xatolarni tuzatish yoʻllari

Poʻlat listini tiskiga mahkamlab qoʻyib kesish

Detalning qirrasi egri kesilgan

Kesib olingan detalning tomonlari parallel emas

Detal qirrasi yirtilgan

Detal tiskiga boʻsh qisib qoʻyilgan

Zagatovka tiskida qiyshayib ketgan.

Rejalashda chiziq qiyshiq chizilgan.

Kesayotganda bolgʻa katta kuch bilan urilgan. Kesish paytida zubiloni ogʻdirish burchagi kichik boʻlgan. Oʻtmas zublo ishlatilgan

Detalni tiskiga mahkam qisish

Zagatovkani toʻgʻrilab qoʻyish

Xato chizilgan chiziqni toʻgʻrilash

Bolgʻani bir meʼyorda urish

Ariqchalar kesib oʻyish

Ariqchalarning qirrasi “yirtilgan”

Ariqchaning chuqurligi uning uzunligi boʻyicha bir xil emas

Ariqchaning boshi va oxiri singan

Oʻyishda yuqorisiga tomon ingichkalashgan kreys-meyseldan foydalanilmagan

Kesish jarayonida kreys-meysel notoʻgʻri oʻrnatilgan (burchak tavsiya etiladiganidan katta yoki kichik boʻlgan)

Detalda faska kesilmagan

Kreysmeysel-dan foydalanish texnologiyasi-ni toʻgʻri qoʻllash

Keng yuzadan metall qatlamini kesib olish

Kesilgan yuzada dagʻal (qoʻpol) “oʻyiqlar” va “kesiklar” bor

Detal qirralari singan

Kesishda oʻtmas zublo ishlatilgan. Kesishda zublo notoʻgʻri oʻrnatilgan. Kesish jarayonida bolgʻa bir meʼyorda urilmagan

Detalda faska kesilmagan

Zubiloni belgilangan yoʻriqnoma asosida ishlatish

List, polosa va chiviq poʻlatni plita ustida kesish

Kesilgan detalning qirrasi egri

Kesilgan detalning qirrasi qoʻpol “kesilgan” va singan

Detal egri rejalangan. Kesish reja chiziq boʻyicha bajarilmagan.

Zubloning tigʻi reja chiziqqa notoʻgʻri qoʻyilgan. Kesishda oʻtmas zublodan foydalanilgan. Zublo notoʻgʻri charhlangan—tigʻi dumaloq emas, balki toʻgʻri chiziqlidir. Kesishda bolgʻa kuchsiz urilgan.

Eʼtiborli boʻlgan holda ishni bajarish

Oʻtkir zubilodan foydalanish

Bolgʻani bir meʼyorda urish

Oʻquv usta kesishning asosiyoʻrnatish usullarini quyidagi jadvalda koʻrsatilgan izchillikda koʻrsatib va tushuntirib beradi. Usullarni koʻrsatib berish vaqtida, tayyorlab qoʻyilgan koʻrgazmali quroldan yoki elektron darsliklardagi tipik xatolar jadvalidan foydalanish lozim.

Dars oxirida oʻquv ustasi kesishning asosiy usullari qanday oʻzlashtirilganligini tahlil qiladi: talabalarning eng xarakterli xatolarini koʻrsatadi, ularning sabablari va oldini olish choralari borasida soʻzlaydi. Amaliy faoliyatlari natijasi sifatida kasbiy kompetentlik darajalari shaklanganligi mustaqil ishlash asosida rivojlanganligi tahlil qilinadi.