Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish muammo va yechimlar

26.10.2018| Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining  “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 29 yilligini munosib nishonlash, “Davlat tili haqida”gi Qonunning ijrosi hamda  lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish,  ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida davlat tilini o‘qitish sifat samaradorligini yanada oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga joriy etish, Davlat tiliining bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish, Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili) darsliklarini mazmunan takomillashtirish hamda Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 28 mayda tasdiqlangan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasi”ning 5 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida  Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini  keng joriy etish va yanada takomillashtirish  muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi  joriy yilning 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyani Respublika ta’lim markazi direktori Abdusalom Vohidovich ochib berdi va alifboning millatning shakllanishidagi o‘rni, yoshlarimizning o‘zbek tiliga bo‘lgan munosabati hamda ko‘chalarda, reklamalardagi yozuvlarda uchraydigan muammorlarni o‘z vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi lozimligi hamda o‘zbek alifbosining yagona variantini mukammal yaratilishi zarurat ekanligini ta’kidlandi.

 Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, professori Nizomiddin Mahmudov “Alifboni takomillashtirish – umummillat muammosi”  mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’ruzu yakunida ishtirokchilar tomonidan alifboni takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi hamda o‘zbek alifbosi loyihasi tayyorlanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.  Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, professori – Zulxumor  Xolmonovaning “Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi haqidagi ayrim mulohazalar”  mavzusidagi ma’ruzasida lotin alifbosi hamda imlo qoidalari to‘g‘rsida ma’lumotlar berildi. Amaliyotchi mutaxassislar tomonidan ma’ruza qiziqish bilan tinglandi va savol-javoblar orqali muammolarni bartaraf etish yo‘llari muhokama etildi.

Ma’lumki umumiy o‘rta ta’lim maktablarida dastur va  darsliklarni yangicha yondashuvlar asosida yanada takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalardan biridir. Bu xususda  Respublika ta’lim markazi direktor o‘rinbosari- Mexriniso Pardayeva tomonidan Umumiy o‘rta ta’lim mazmuniga yangicha yondashuv - davr talabi mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi. Ma’ruzachi tomonidan kompetensiyaviy yondashuvlar hamda darsliklardagi ayrim so‘zlarning yozilishidagi muammolarga to‘xtalib o‘tildi.  Konferensiya ishtirokchilarga darslikda berilgan ma’lumotlarga ijodiy yondashgan holda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni joriy etish masalasiga e’tibor qaratilishi lozimligi ta’kidlandi.

Konferensiya yakunida takliflar va tavsiyalar bildirildi va istiqboldagi  chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilab olindi.