Umumta’lim maktablari kimyo fani o ‘qituvchilarining kasbiy mahoratlarini uzluksiz oshirib borish bo‘yicha ikkinchi bosqich harakatdagi o‘quv mashg’ulotlari uchun tavsiyalar

30.11.2017| Yangiliklar

Umumta’lim maktablari kimyo fani o ‘qituvchilarining kasbiy mahoratlarini uzluksiz oshirib borish bo‘yicha ikkinchi bosqich harakatdagi o‘quv mashg’ulotlari uchun tavsiyalar

 

       Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 1 fevraldagi “Umumta’lim maktablari kimyo fani o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish to‘g’risida”gi 34-sonli buyrug’i asosida joriy yilning noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladigan o‘quv-mashg’ulotlari  bo‘yicha kimyo fani o‘qituvchilariga metodik yordam sifatida  “Elektroliz”, “Gibridlanish”, “Spirtlar”, “Aminokislotalar”, “Yuqori molekulyar birikmalar” “Mineral o‘g’itlar”, “Uglevodorodlarning tabiiy manbaalari” mavzularida tavsiyalar tayyorlandi.

Taqdim etilayotgan metodik materiallarga ijodiy yondoshgan holda foydalanishlarini, davomat to‘liq bo‘lish kerakligini, buning uchun tuman metodistlari ma’shulligini yanada oshirish kerakligi, mashg’ulotlarga qatnashmagan o‘qituvchilarni qayd etish jurnaliga belgilash holatlari bo‘lmasligi, guruhda ijodiy muhit yaratib, ustoz-shogird an’anasini ya’ni tajribali o‘qituvchilar yosh o‘qituvchilarga o‘rgatishlari kerakligi haqida yana bir bor tah’kidlab o‘tish joizdir. eduportal.uz  saytidagi  “Kimyo fanidan tajribalar” rukniga kirib, mediaresurslardan foydalanish mumkinligi, har bir yaratilgan mediaresursdan samarali foydalanish kerakligi, bu bilan cheklanib qolmasdan  amaliy ham ko‘rsatib berish lozimligini aytib o‘tish mumkin.

SHuningdek,  kimyo fani o‘qituvchilarining kasbiy mahoratlarini uzluksiz oshirib borish bo‘yicha harakatdagi o‘quv mashg’ulotlarining sifatli tashkil etishda:

  • Umumtahlim maktablari kimyo fani o‘qituvchilarining kasbiy mahoratlarini uzluksiz oshirib borish bo‘yicha harakatdagi o‘quv mashg’ulotlarini qat’iy ravishda darslarga halaqit bermagan holda, faqatgina kimyo o‘qituvchilarining metodik kuni (seshanba,chorshanba) da tashkil etish;
  • Harakatdagi o‘quv mashg’ulotlarida barcha kimyo fani o‘qituvchilarining to‘liq ishtirok etishi, o‘quvlarga sababsiz kelmayotgan o‘qituvchilar bilan tushuntirish ishlarini olib borish;
  • Har bir o‘quv yakunlari bo‘yicha mahlumotlarni o‘quv o‘tgandan keyin uch kun muddatda Respublika tahlim markaziga taqdim etish;
  • O‘quvlarni sifatli tashkil etish maqsadida tayyorlangan metodik mahsulotlarni har bir o‘qituvchida bo’lishi;
  • O‘quvlar o‘tkaziladigan tayanch maktablarida o ‘quvlarni sifatli tashkil etish maqsadida barcha zaruriy jihozlar, laboratoriya mahsulotlari va boshqalar bilan to‘liq tahminlangan bo’lishi zarur.

 

 

Аniq va tabiiy fanlar bo’limi:                                         G.Shoisayeva