2018 yil 17 noyabr kuni Namangan shahridagi 52-umumta’lim maktabida “Umumiy o‘rta ta’lim mazmunini zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashtirish: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

22.11.2018| Yangiliklar

2018 yil 17 noyabr kuni Namangan shahridagi 52-umumta’lim maktabida “Umumiy o‘rta ta’lim mazmunini zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashtirish: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-amaliy o‘quv seminarda Respublika ta’lim markazi direktori texnika fanlari doktori, professor A.Umarov, Respublika ta’lim markazi Ijtimoiy fanlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i O‘.Jo‘raev, Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari S.Ergashev, XTHQTMO hududiy markazi prorektori X.Eraliev, 10 nafar metodika xizmat bo‘limi metodistlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining 12 nafar o‘rinbosarlari,
50 nafardan ortiq ijtimoiy, aniq va tabiiy fanlari metodistlari,
85 nafar yo‘nalishlari bo‘yicha fan o‘qituvchilari qatnashdilar. O‘quv seminar kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rildi:

 

1.“Umumiy o‘rta ta’lim mazmunini zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashtirish: muammo va yechimlar” to‘g‘risidagi ilmiy-amaliy o‘quv seminari yakuni.

2.Ta’lim muassasalarida amaliyotga joriy etilgan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari to‘g‘risida

3.2019-2020-o‘quv yilida chop etiladigan takomillashtirilgan darsliklar to‘g‘risida.

      

Seminarda Respublika ta’lim markazi direktori A.Umarov so‘zga chiqib, Prezidentimiz Farmoni bilan qabul qilingan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi“da umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan bo‘lib mazkur vazifalarni amalga oshirish jarayonida barcha yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, o‘quv dastur va rejalarni yangilash, o‘qitishni sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtirish munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6 aprelda Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari” tasdiqlanligi,     pedagoglarimiz darslarni yangi takomillashgan standart asosida tashkil etish uchun, avvalo, o‘z faniga oid davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturini sinchiklab o‘rganishi, yangidan nashr etilgan darslik bilan tanishishi, taqdim etilgan o‘quv dasturi asosida taqvim reja tuzib olishi kerak bo‘lishini ta’kidladi.

       A.Umarov kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarini amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq muammolardan biri darslik bilan bog‘langanligi, amaldagi darsliklar o‘quvchilarning mazkur fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari uchun ko‘maklashib kelishi, endilikda darsliklar o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga ham xizmat qilishi shu nuqtai nazardan  
2018-2019-o‘quv yillarida 1,-3,8-,9-sinf darsliklari takomillashgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida qayta ishlanib Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar” asosida olib borilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

       A.Umarov amalda foydalanilayotgan, yangi chop etilgan darslilar va o‘quv qo‘llanmalarni mazmuni, sifatini yanada yaxshilash hamda takomillashtirish maqsadida metodistlar va amaliyotchi o‘qituvchilarning darsliklar yuzasidan fikr-mulohazalari so‘rovnomalar asosida o‘rganilishini to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

 Shuningdek, A.Umarov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarining I-XI snflari uchun chop etib kelinayotgan darsliklar va o‘quv-metodik  qo‘llanmarni umumta’lim maktablarida sinovdan o‘tkazib, amaliyotga joriy etish belgilanganligi uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni har bir o‘quv fani bo‘yicha xalq ta’limi vazirligining ko‘rsatmasiga asosan 2018 yil tashkil etilgan tayanch maktablarda o‘tkazishni, metodistlar va ekspert-o‘qituvchilarning darslik mazmuniga qo‘yilgan talablarga mos ravishda taklif va mulohazalar berishini, ayniqsa, darsliklarning DTS va uzviylashtirilgan o‘quv dasturlariga hamda o‘quv rejada belgilangan dars soatlariga mos kelishi, ularning ilmiy va metodik jihatdan pedagogik talablarga javob berishi, darslikning mazmunida ketgan xatoliklar, tarixiy manbalar, sanalar va raqamlarning to‘g‘riligiga alohida e’tibor qaratish lozimligini e’tirof etdi.

         Yig‘ilishda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari S.Ergashev viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ta’lim muassasalarida 2018-2019 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish ishlari, ta’lim muassasalariga metodik xizmat tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xalq ta’limi boshqarmasining ta’lim sifatini oshirish oldidagi vazifalar yuzasidan, boshqarmaning metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i, tabiiy fanlari metodisti
Q. Mamataliev fan metodistlari tmonidan ta’lim muassasalariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risida axborot berdilar.

        O‘quv seminar yakunida Uchqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi bo‘limi ijtimoiy fanlari metodisti Zoxidova Mahbuba,  Chust tumanidagi 7-DIMI geografiya fani o‘qituvchisi begmatova Sevara,  Kosonsoy tumanidagi 28-maktab tarix fani o‘qituvchisi Toshboev Javlon, Kosonosy tumanidagi 21-maktab fizika fani o‘qituvchisi Rahmonov Sanjar, Norin tumanidagi 14-DIMI biologiya fani o‘qituvchisi Ro‘zimatova Feruza, Uchqo‘rg‘on tumanidagi 40-maktab biologiya fani o‘qituvchisi Qahharova Karomat, Uychi tuman xalq ta’limi bo‘limi metodisti Xolmatov Komiljon, Uychi tumanidagi 40-maktab tarix fani o‘qituvchisi Rasulova Sharifa, Mingbuloq tumanidagi 14-maktab tarix fani o‘qituvchisi Xomidova Feruza, Pop tumanidagi 9-maktab matematika fani o‘qituvchisi Anorqulova Asila, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 6-maktab geografiya fani o‘qituvchisi Mamadaliev Isomiddin o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.