“Ta’lim muassasalaridagi attestatsiyasi va akkreditatsiyadagi: muammo va yechimlar, kelgusidagi vazifalar” mavzusidagi seminar to‘g‘risida ma’lumot

23.11.2018| Ta'lim muassasalarini attestasiya va akkreditatsiyaga tayyorlash bo‘limi

     Ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyaga tayyorlash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini Davlat akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori va 2017-2018 o‘quv yil ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 16 noyabr kuni Respublika Ta’lim markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi, maktagacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘limi va 14ta xududdan kelgan ma’sul ishtirokchilar bilan birgalikda “Ta’lim muassasalaridagi attestatsiyasi va akkreditatsiyadagi: muammo va yechimlar, kelgusidagi vazifalar” mavzusidagi seminar o‘tkazildi. Tadbir yakunida 2017-2018 o‘quv yilida attestatsiya va akkreditatsiya jarayonida xujjatlarni tayyorlash borasida yaxshi natijalarga erishgan viloyat va tuman metodistlari Respublika ta’lim markazi direktorini tashakurnoma hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.