Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun chop etilishi rejalashtirilgan darsliklarni nashrga tayyorlash to‘g‘risida ma’lumot Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun chop etilishi rejalashtirilgan darsliklarni nashrga tayyorlash to‘g‘risida ma’lumot

19.11.2018| Darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar ishlab chiqish bo‘limi

        Respublika ta’lim markazida 2019-2020 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun chop etilishi rejalashtirilgan darsliklarni nashrga tayyorlash mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bunda, vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari, darsliklar va o‘quv dasturlari mualliflari, tegishli nashriyot mas’ul xodimlari hamda fan bo‘limlari metodistlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda 2018-2019 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 1-, 2-, 3-, 4-, 6-, 11-sinflariga chop etilgan darsliklarda aniqlangan kamchiliklar muhokama etildi. Bundan tashqari, 2019-2020 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-, 3-, 8-, 9-sinflari uchun chop etilishi rejalashtirilgan  darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni nashrga tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tarmoq jadvali bilan tanishtirildi. Yig‘ilish davomida amalda foydalanib kelinayotgan darsliklarni ekspertizadan o‘tkazilganligi bilan tanishtirib o‘tildi. Ushbu yig‘ilishda darslik mualliflari bilan ta’lim markazi o‘rtasida shartnoma imzolanishi taklifi berildi.

Jumladan, darslik mualliflari bilan tuziladigan shartnoma shartlarida ekspertiza xulosasidan kelib chiqqan holda amaldagi qonunchilik doirasida mualliflarni jarimaga tortish choralarini ko‘rish taklif etildi.

2019 yil 1 sentabrdan boshlab umumta’lim maktablarining 5-10 sinflari uchun tarix fani darsliklarini nashr etishdan oldin bir o‘quv yili davomida tayanch maktablarda tajriba-sinovdan o‘tkazish tartibini ishlab chiqish vazifalari topshirildi.

2019-2020 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun chop etilishi rejalashtirilgan darsliklarni nashrga tayyorlash bo‘yicha darslik mualliflari, tegishli nashriyot muharrirlari hamda Respublika ta’lim markazining fan metodistlariga vazifalar belgilandi.