2018 yil 23 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida “Ta’lim muassasalaridagi attestatsiyasi va akkreditatsiyadagi: muammo va yechimlar, kelgusidagi vazifalar” mavzusidagi seminar o‘tkazildi

03.12.2018| Ta'lim muassasalarini attestasiya va akkreditatsiyaga tayyorlash bo‘limi

        Ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyaga tayyorlash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini Davlat akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori va 2018-2019 o‘quv yilida ta’lim muassasalari attestatsiya va akkreditatsiyadan utkazish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 19-25 noyabrgacha 24 ta ta’lim muassasalarining xujjatlarini elektron varianti dastlabki ekspertizadan utkazildi va joylarga yetkazildi. “Haqqoniy nazorat va tahlil” mavzusida maqola tayyorlanib, “Ma’rifat” gazetasining 2018 yil 17 noyabr № 92-sonida, “Ta’lim muassasasi attestatsiyasi va akkreditatsiyasi qay tartibda tashkil etiladi?” mavzusidagi tavsiya bo‘lim boshlig‘i A.Shomurodov, bo‘lim metodisti T.Xudoyqulov, Z.Zarufullaevlar tomonidan tayyorlanib, “Ma’rifat” gazetasining 2018 yil 21 noyabrdagi № 93-sonida chop etildi.

2018 yil 23 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida “Ta’lim muassasalaridagi attestatsiyasi va akkreditatsiyadagi: muammo va yechimlar, kelgusidagi vazifalar” mavzusidagi seminar o‘tkazildi. Sirdaryo viloyati xalk ta’limi boshqarmasining 2018 yil 22 noyabrdagi 04/2-3777-sonli xatiga ko‘ra, bo‘lim boshlig‘i A.Shomurodov, bo‘lim metodisti T.Xudoyqulovlar ishtirok etib, viloyatdagi barcha xududiy ma’sul xodimlariga amaliy yordam ko‘rsatildi va tavsiyalar takdim etildi.