Jizzax viloyati Xalq talimi boshqarmasi Paxtakor tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2018 yil 23-noyabr kuni “Rus tili-do‘stlik va tinchlik ramzidir” shiori ostida rus tili fan oyligi munosabati bilan viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.

30.11.2018| Chet tillar bo‘limi

Jizzax viloyati Xalq talimi boshqarmasi Paxtakor tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2018 yil 23-noyabr kuni “Rus tili-do‘stlik va tinchlik ramzidir” shiori ostida rus tili fan oyligi munosabati bilan viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.Ushbu seminarni viloyat miqyosida  o‘tkazishdan  maqsad, fan o‘qituvchilarining birgina ochiq darsida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib, boshqa fanlarni, jumladan matematika,tasviriy san’at,musiqa kabi fanlarni integrallashtirib ,o‘quvchilarning fanga hamda kundalik hayotga qiziqishini yanada oshirish,kelgan mehmon o‘qituvchilar tadbir va o‘tilgan darslar yuzasidan fikr almashib,olgan yangiliklarini o‘z mehnat faoliyatida samarali qo‘llashlaridir.Ushbu seminarda maktabning jonkuyar o‘qituvchilari  ochiq darslar,konsert dasturi,rus madaniyati ko‘rgazmalari tashkil qildilar.Jumladan, Galversen O.V. 3“G”sinfda “Padeji imyon suщestvitelnыx”mavzusida,Muxiddinova M.N. 11”B”sinfda «Tvorchestvo S.A.Yesenina» mavzusida, Russkiy yazыk fanidan 7 «A» sinfda Umarova R.B  «Poryadkovыe chislitelnыe» mavzusida,Literatura 6 «G» sinfda Eshbekova F.A «Tvorchestvo A.S.Pushkina» mavzusida, Ingliz tili fanidan 3 «A» sinfda Raxmonova «My fovourite season is» mavzusida ochiq darslari, “Rus tili tinchlik va do‘stlik ramzidir” konsert dasturining faol tashkilotchilari Xamraeva F, Shodieva X, Ergasheva Sh, “Rus madaniyatini” jonli tashkil qilishdagi jonkuyar tashkilotchisi Juravlyova O.Glardir.

2018-2019 o‘quv yili boshlangandan buyon xar yili bo‘lib o‘tadigan fan oyliklari samarali tashkil etib kelinmoqda. Jumladan tuman miqyosida sentabr oyida geografiya fan oyligi “Biz dunyoda tinchlik istaymiz” shiori ostida, maktab psixologlari tuman psixolglari uchun “Biz xayotni sevamiz” shiori ostida, “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot” yetakchilari tomonidan “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida, Adliya boshqarmasi xamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan xamkorlikda “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida tuman seminarlari tashkil etildi.Noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan rus tili fan oyligida fan o‘qituvchilari tashabbusi bilan viloyat seminari tashkil etildi.Ushbu fan oyliklarida seminarlarni tashkil etishdan maqsad – dars va darsdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni ta’lim-tarbiyadagi axamiyati, o‘quvchilarni mazkur fanga bo‘lgan qiziqishini o‘stirish, bilim samaradorligini ko‘tarish, xozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishib borish, o‘rganishga bo‘lgan intilishni o‘stirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy xamkorliklarini targ‘ib etish, fan bo‘yicha o‘quv metodik ishlarni jonlantirish, o‘qituvchilar ijodiy ishlarini kuchaytirish, izlanuvchan, ijodkor o‘quvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini o‘rganish va targ‘ibot qilish, ta’lim jarayonida qo‘llayotgan uslublarni takomillashtirishdan iboratdir.

Maktab direktori:                                                O.B.Otajonova

O‘IBDO‘:                                                             F.N.Navruzova