2019 yil 7-9 yanvar kunlari fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi Respbulikaning barcha tuman (shahar)larida Nizom talablariga muvofiq xolisona, adolatli, shaffof tarzda o‘tkazildi.

14.01.2019| Yangiliklar

          Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009 yil 1 maydagi 18 Q/Q, 20, 13/QQ-son  qarori bilan tasdiqlangan "Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablari o‘quvchilarining umumta'lim fanlari bo‘yicha Respublika alimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalarini tanlash to‘g‘risda" gi Nizom asosida 2019 yilning
7-9 yanvar kunlari fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi Respbulikaning barcha tuman (shahar)larida Nizom talablariga muvofiq xolisona, adolatli, shaffof tarzda o‘tkazildi.  Fan olimpiadasining ikkinchi bosqichida maktab bosqichida 76 va undan yuqori ball to‘plab, I, II, III o‘rinni egallab, g‘olib bo‘lganlar umumta’lim maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.