Fevral oyida “Matematika va informatika fan oyligi” munosabati bilan mamlakatimizdagi barcha umumiy ta’lim maktablarida matematika va informatikaga oid ochiq darslar, bilim bellashuvlari va viktorinalar o‘tkazilmoqda.

22.02.2019| Yangiliklar

        Mazkur fan oyligi doirasida, jumladan, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 260-umumiy ta’lim maktabida 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ham “Informatika va biz” mavzusida tanlov tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad: o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, fanlararo integratsiyaga muvofiq, o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ularda buyuk allomalarimiz ilmiy faoliyatlariga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, o‘quvchilarni milliy g‘urur ruhida tarbiyalashdan iborat.       

         Informatikaga oid tanlovda: hay’at a’zolari, Informatika fani bo‘yicha darslik, o‘quv va metodik qo‘llanmalar muallifi darsligi mualliflari: fizika-matematika fanlari nomzodlari, olima Sayyora Rahmonqulova, olim Axat Azamatov, Xalq ta’limi a’lochisi Bahodir Boltayev, Rеspublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i Shovqiddin Ishmurodov, infoCOM.UZ jurnali bosh muharriri Ma’rufa Azizova, 260-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilari, taklif etilgan mehmonlar va umuman informatika faniga qiziquvchi muxlislar ishtirok etdilar. Tanlovda 260-umumta’lim maktabi hamda 313-umumta’lim maktabi 7-sinf o‘quvchilari o‘z bilimlarini sinab ko‘rdilar. Har ikki maktab o‘quvchilaridan ikkita jamoa tashkil etildi.

          Tanlov shartlarini bajarishda o‘quvchilar fanga qanchalik qiziqishlari va bu sohada olayotgan bilimlarini qay darajada chuqur o‘zlashtirib borayotganliklarini namoyon etdilar. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar tanlov mazmunini yanada boyitdi. Shunday qilib, informatika fanidan o‘tkazilgan tanlov tadbiri nihoyasiga yetdi. Tanlovda do‘stlik g‘alaba qozondi. Sababi jamoa a’zolari har ikki maktab o‘quvchilaridan aralash tashkil etilgandi. Tanlov yakunida unda ishtirok etgan barcha o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar berildi.