NAMANGAN VILOYATI

07.02.2018| Maqsadli o‘quvlar

NAMANGAN VILOYATI

Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi asosida “Metodik xizmat sifatini yaxshilash, metodistlar faoliyati samaradoriligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv seminarini tashkli etish to‘g‘risida”gi 35-sonli buyrug‘i asosida joriy yilning             13-14 mart kunlari Namangan viloyati Barkamol avlod bolalar markazida o‘tkazildi. O‘quv seminarda viloyat bo‘yicha jami 250 nafar ta’lim tizimi xodimlari, metodistlar ishtirok etdilar. 

O‘quv seminar quyidagi mavzular bo‘yicha sho‘balarda trening mashg‘ulotlar tarzida tashkil etildi.

1-mavzu: “Ta’lim muassasalarida  uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning  huquqiy-me’yoriy, tashkiliy uslubiy  va o‘quv metodik asoslarini takomillashtirish”, “Umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirishda “Tayanch maktablari” faoliyati samaradorligini ta’minlash masalalari”;

2-mavzu: “Umumiy o‘rta ta’limda kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va natijaviyligini monitoring qilishda metodist hamda inspektor-metodistlarining hamkorlik faoliyatini tashkil etish”;

3-mavzu: “Kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish, o‘quvchilarning o‘quv natijalarini baholash va ular asosida bo‘shliqlarni aniqlashda xalqaro tajribalarni joriy etish”

4-mavzu: “O‘quvchi va o‘qituvchilarning ehtiyojlari asosida metodik materiallarni (dars ishlanma, metodik tavsiya, metodik ko‘rsatma va h.k.) ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish usullari”;

5-mavzu: “Metodistning shaxsiy va kasbiy faoliyatida dasturiy axborot maydonini tashkil etish, elektron axborot ta’lim resurslarini qo‘llash va yaratish kompetensiyalarini rivojlantirish”;

6-mavzu: Dolzarb mavzu (metodistlar diagnostikasi natijasida aniqlangan bo‘shliqlar asosida);

7-mavzu:“O‘qitishning o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali metod va shakllari”