SIRDARYO VILOYATI

16.03.2018| Maqsadli o‘quvlar

SIRDARYO VILOYATI

Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi asosida “Metodik xizmat sifatini yaxshilash, metodistlar faoliyati samaradoriligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv seminarini tashkli etish to‘g‘risida”gi 35-sonli buyrug‘i asosida joriy yilning             16-17 mart kunlari Sirdaryo viloyati Sirdaryo shahridagi 9-maktada o‘tkazildi. O‘quv seminarda viloyat bo‘yicha jami 150 nafar ta’lim tizimi xodimlari, metodistlar ishtirok etdilar. 

O‘quv seminar quyidagi mavzular bo‘yicha sho‘balarda trening mashg‘ulotlar tarzida tashkil etildi.

1-mavzu: “Ta’lim muassasalarida  uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning  huquqiy-me’yoriy, tashkiliy uslubiy  va o‘quv metodik asoslarini takomillashtirish”, “Umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirishda “Tayanch maktablari” faoliyati samaradorligini ta’minlash masalalari”;

2-mavzu: “Umumiy o‘rta ta’limda kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va natijaviyligini monitoring qilishda metodist hamda inspektor-metodistlarining hamkorlik faoliyatini tashkil etish”;

3-mavzu: “Kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish, o‘quvchilarning o‘quv natijalarini baholash va ular asosida bo‘shliqlarni aniqlashda xalqaro tajribalarni joriy etish”

4-mavzu: “O‘quvchi va o‘qituvchilarning ehtiyojlari asosida metodik materiallarni (dars ishlanma, metodik tavsiya, metodik ko‘rsatma va h.k.) ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish usullari”;

5-mavzu: “Metodistning shaxsiy va kasbiy faoliyatida dasturiy axborot maydonini tashkil etish, elektron axborot ta’lim resurslarini qo‘llash va yaratish kompetensiyalarini rivojlantirish”;

6-mavzu: Dolzarb mavzu (metodistlar diagnostikasi natijasida aniqlangan bo‘shliqlar asosida);

7-mavzu:“O‘qitishning o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali metod va shakllari”