Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 7 fevral 35-sonli buyrug‘i asosida Respublika ta’lim markazi tomonidan

19.03.2018| Maqsadli o‘quvlar

Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 7 fevral 35-sonli buyrug‘i asosida Respublika ta’lim markazi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan fan metodistlarining pedagogik va metodik faoliyatlari yuzasidan onlayn testlar o‘tkazilib, unda aniqlangan bo‘shliqlar va metodik ehtiyojlar asosida joriy yilning 13-17 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda “Metodik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, metodistlar faoliyati samaradorligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish” mavzusida  amaliy o‘quv seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarda respublika ta’lim markazi va hududlardagi malakali va ko‘p yillik metodik faoliyatga ega bo‘lgan mutaxassislar va fan metodistlari tomonidan metodik va tahliliy materiallar asosida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Hususan, Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlaridan 120 nafar fan metodistlari ushbu jarayonda ishtirok etgan bo‘lib, unda ta’lim sifati samaradorligini oshirishda metodistning o‘rni, metodik faoliyat tashkil etishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ularni to‘g‘ri yuritish, zamonaviy ta’limda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalarining ahamiyati kabi mavzular keng yoritildi. Shu bilan birga metodistlar guruhlarda o‘tilgan mavzularni amaliyotda qo‘llash orqali ulardagi ma’lumotlarni amaliyotga joriy etish ko‘nikmalari yanada shakllantirildi.