Respublika ta’lim markazida Germaniyaning Klett nashriyoti tomonidan yaratilgan nemis tili darsliklarining muhokamasi bo‘lib o‘tdi

29.03.2019| Yangiliklar

     

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli Qarori, 2018 - yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5538-sonli Farmoni, shuningdek, xalq ta’limi tizimida islohotlarni yanada jadallashtirish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan "Yo‘l xaritasi"da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash ya’ni, 2020-2021 - o‘quv yilidan boshlab pilot loyihasi sifatida 1-11-sinflar uchun chet tillari fanlaridan ilg‘or xorijiy darsliklarni ta’lim jarayoniga joriy etish maqsadida xorijiy adabiyotlar tahlilini o‘tkazgan holda maqbullarini belgilangan tartibda sotib olish, moslashtirish va hududlardagi ayrim maktablarda tajriba-sinovdan o‘tkazish maqsadida Germaniyaning xorijdagi maktablar  markaziy boshqarmasi (ZFA) bilan hakorlikda joriy yilning 28-29- mart kunlari Respublika ta’lim markazida Germaniyaning Klett nashriyoti tomonidan yaratilgan nemis tili darsliklarining muhokamasi, mazkur darsliklarni Toshkent shahridagi 60-sonli, Samarqand viloyatidagi 51-sonli hamda Farg‘ona viloyatidagi 10-sonli nemis tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari kesimida tajriba-sinovdan o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

        2019 - yil 28 - mart kuni seminar xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Y.Umarov tomonidan ochib berildi hamda o‘z ishini boshladi.

       Mazkur seminarda Klett nashriyoti hodimi Jennifer Svanda, Toshkentdagi Gyote instituti va Davlat test markazining nemis tili yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimlari hamda yuqorida qayd etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining nemis tili fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

       Seminar mobaynida Klett nashriyoti tomonidan yaratilgan Fabuli, Wo ist Paola?, Die Deutschprofis,  Aspect Junior darslik majmualari tahlil qilindi.

      Seminar yakuniga ko‘ra, mazkur darslik majmualar Toshkent shahridagi 60-sonli, Samarqand viloyatidagi 51-sonli hamda Farg‘ona viloyatidagi 10-sonli nemis tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari kesimida 2018-2019- o‘quv yilining 4-choragi davomida tajriba-sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.