“TA’LIMDA INNOVATSIYA” MAVZUSIDA RESPUBLIKA SAMMITI

08.04.2019| Yangiliklar

       Joriy yilning 5 - 6 - aprel kunlari Namanganda “TA’LIMDA INNOVATSIYA” mavzusida respublika sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika ta'lim markazi direktori, viloyatning investitsiyalar bo‘yicha hokimi o‘rinbosarlari hamda Namangan shahar hokimi qatnashdi.

       Zalda 200 ga yaqin ishtirokchi bo‘lgan bo‘lsa ham tuman videoselektor orqali ulangan 100 ga yaqin ishtirokchilar shuningdek, Hindistondan bitta investor va Janubiy Koreyadan o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etishdi.

       Uchta avtobus ishtirokchilar xizmatida bo‘lib, sammit doirasida hokim o‘rinbosari S.N. Boboxodjaev , NamGU rektori , NAMDU da ishlayotgan Amerikalik hodimlar, videoselektor orqali  Hindistonlik, Janubiy koreyalik va Poplik o‘qituvchi so‘zga chiqishdi. So‘ngra shubalarga bo‘linib, sammit o‘z ishini davom ettirdi va birgalikda Ibrat maktabida bo‘lishdi.