Informatika fan oyligining yopilish qismiga bag‘ishlangan tadbir haqida

04.03.2019| AKT ni joriy etishni metodik ta’minlash bo‘limi

Informatika fan oyligi munosabati bilan Toshkent viloyati Zangiota tuman Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 26-maktab Informatika fani o‘qituvchisi A.T. Muxamadov tomonidan “XXI ASR SEHIRGARLARI” nomli Informatika fanining yopilish qismiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika ta’lim markazi AKT bo‘limi boshlig‘i Sh. Ishmurodov, XTB metodisti va tuman maktablarining informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar. O‘quvchilar tomonidan qiziqarli sahna ko‘rinishlari va fan oyligida o‘rgangan bilimlari bilan o‘rtoqlashib, xulosalar berildi. Bundan tashqari A.Muxamadov tomonidan fanlarni tez va oson o‘rganishda AKT dan foydalanib o‘tish katta samara berishini “Geometriya” misolida ko‘rsatib bergani tadbirdagi barchani birdek qiziqishiga sabab bo‘ldi. Fanning yopilish qismida maktab direktori V. Sulaymonova tomonidan barcha faol qatnashgan o‘quvchilarga estalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar taqdim etildi.

Fotolavhalar: