Andijon va Farg‘ona viloyatlarida “Metodik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, metodistlar faoliyati samaradorligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish” mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘quv seminari

18.03.2018| Maqsadli o‘quvlar

Andijon va Farg‘ona viloyatlarida “Metodik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, metodistlar faoliyati samaradorligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish” mavzusi  bo‘yicha o‘tkazilgan o‘quv  seminari  haqida

MA’LUMOTNOMA

         Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi “Metodik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, metodistlar faoliyati samaradorligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish” to‘g‘risidagi  35-sonli,  Respublika ta’lim markazining 2018 yil 19 fevraldagi  6 – sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 12- 17 mart  kunlari Andijon va Farg‘ona viloyatlarida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Avvalo   12.03, 14.03 kunlari ikkala viloyatga belgilangan Yul xaritasi bo‘yicha yetib borib viloyat XTboshqarmalari  rahbarlariga tashrif maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot berildi.  O‘quv-seminar o‘tkaziladigan ta’lim muassasalariga borib, o‘quv seminarlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun yaratilgan shart- sharoitlari, xonalarda o‘quv vositalari bilan ta’minlanganligi, trenerlarning o‘quv-seminarlariga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi hamda metodik yordam ko‘rsatildi.

Belgilangan savolnoma bo‘yicha uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar natijaviyligi, inspektor-metodistlar hamda fan metodistlari faoliyati samaradorligi  hamda tashkil etilgan tayanch maktablar  faoliyati o‘rganildi.

  14.03 da Andijon viloyati Andijon shahridagi 54 sonli maktabning  faollar zalida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon Nazarov  raisligida o‘quv seminraining yalpi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. O‘quv seminraning yalpi yig‘ilishiga xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari 16 nafar,  fan metodistlari –9 nafar,  DTSM bo‘limi inspektor  – metodistlari 12 nafar, hamda 141 nafar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining fan  metodistlari (jami 160 nafar) yalpi yig‘ilishida ishtirok etdilar.

Yalpi yig‘ilishda Andijon viloyatidagi tuman (shahar) larning ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar, xalq ta’limi bo‘limlarining reyting ko‘rsatkichlari, erishilgan muvaffaqiyatlar va fan metodistlarining galdagi vazifalari, mavjud holat va kamchiliklar, muammolar to‘g‘risida hamda  XTV ning 2018 yil 6 yanvardagi 6 sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan tayanch maktablarning faoliyati yuzasidan  axborotlar berildi.   

  Metodik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, metodistlar faoliyati samaradorligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv seminarni o‘tkazish jadvaliga asosan tashkil etilgan o‘quvda 141 nafar metodistlarning 135 nafari ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar 6 ta guruhlarda tajribali, yuqori trenirlik qobiliyatiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar tomonidan interaktiv metodlar va trening shaklida tashkil etildi. Bunda 3 nafar xududiy malaka oshirish markazining mutaxassislari, tuman xalq ta’limi bo‘limi metodistlaridan 3 nafar mutaxassislar jalb etildi, jumladan:

 1-mashg‘ulot: Ta’lim muassasalarida  uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning huquqiy- me’yoriy, tashkiliy-uslubiy va o‘quv- metodik asoslarini takomillashtirish (G.Ziyodullaeva)

2-mashg‘ulot: Umumiy o‘rta ta’limda kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv- tarbiya jarayonini tashkil etish va natijaviyligini monitoring qilishda metodist hamda metodist- inspektorlarning hamkorlik faoliyatini tashkil etish (Z. Qobulova)

3-mashg‘ulot: Kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish, o‘quvchilarning o‘quv natijalarini baholash va ular asosida bo‘shliqlarni aniqlashning xalqaro texnologiyalari (U. Yusupova)

4-mashg‘ulot: O‘quvchi va o‘qituvchilarning ehtiyojlari asosida metodik materiallar (dars ishlanma, metodik tavsiya, metodik ko‘rsatma va h.k)ni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish usullari  (M. Qayumova)

5-mashg‘ulot: Metodistning shaxsiy va kasbiy faoliyatida dasturiy axborot maydonini tashkil etish, elektron axborot ta’lim resurslarini qo‘llash va yaratish kompetensiyalarini rivojlantirish  (Q. Odilov)

6-mashg‘ulot: Dolzarb mavzu (metodistlar diagnostikasi natijasida aniqlangan bo‘shliqlar asosida) (Sh. Eshmurodov)

7-mashg‘ulot: O‘qitishning o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali metod va shakllari (L. Abduraximova)

         Shuningdek, Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi 15 umumta’lim maktabida xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M. Turdimatov ishtirokida o‘quv seminraining yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bunga tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirlari (15 nafar), fan metodistlari 130 nafar hamda DTSM bo‘limi inspektor  – metodistlari 20 nafari (jami 180 nafar) yalpi yig‘ilishda ishtirok etdilar.

Farg‘ona viloyati xalq ta’limi bo‘limining 6 nafar  metodistlaridan iborat trenerlar o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordilar,  jumladan:

 1-mashg‘ulot: Ta’lim muassasalarida  uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning huquqiy- me’yoriy, tashkiliy-uslubiy va o‘quv- metodik asoslarini takomillashtirish (G. Xalilova)

2-mashg‘ulot: Umumiy o‘rta ta’limda kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv- tarbiya jarayonini tashkil etish va natijaviyligini monitoring qilishda metodist hamda metodist- inspektorlarning hamkorlik faoliyatini tashkil etish (O. Isroilova)

3-mashg‘ulot: Kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish, o‘quvchilarning o‘quv natijalarini baholash va ular asosida bo‘shliqlarni aniqlashning xalqaro texnologiyalari (D. Isaqova)

4-mashg‘ulot: O‘quvchi va o‘qituvchilarning ehtiyojlari asosida metodik materiallar (dars ishlanma, metodik tavsiya, metodik ko‘rsatma va h.k)ni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish usullari

 (B. Ernazarov)

5-mashg‘ulot: Metodistning shaxsiy va kasbiy faoliyatida dasturiy axborot maydonini tashkil etish, elektron axborot ta’lim resurslarini qo‘llash va yaratish kompetensiyalarini rivojlantirish

(Dilorom Xatamova)

6-mashg‘ulot: Dolzarb mavzu (metodistlar diagnostikasi natijasida aniqlangan bo‘shliqlar asosida)

(G. Ziyodullaeva, Sh. Eshmurodov)

7-mashg‘ulot: O‘qitishning o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali metod va shakllari (A. Rahmonov)

O‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarining yakuni  muhokama qilindi va tavsiyalar qabul qilindi.

 

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini

joriy etishni metodik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i

Sh.Ishmurodov

 

 

Filologiya fanlari bo‘limi metodisti

G. Ziyodullaeva