“Eng yaxshi elektron axborot-ta’lim resurslari-2015” respublika ko`rik-tanlovi

Umumta’lim muassasalari o`qituvchilari va o`quvchilari o`rtasida “Eng yaxshi elektron axborot-ta’lim resurslari-2015” respublika ko`rik-tanlovi XTVning 2015 yil 5-martdagi 61-sonli buyrug`i asosida 23-25 aprel kunlari Farg`ona viloyatida o`tkaziladi. Ko`rik-tanlovga taqdim etilgan ishlar quyidagi 2 ta yo`nalish bo`yicha ko`rib chiqiladi va baholanadi.

Birinchi yo`nalish: umumta’lim, ixtisoslashtirilgan umumo`rta ta’lim va maxsus maktab o`qituvchilari o`rtasida.

Ikkinchi yo`nalish: umumta’lim, ixtisoslashtirilgan umumta’lim va maxsus maktablar o`quvchilari o`rtasida.

Viloyat bosqichiga qadar tuman bosqichini o`tkazish bayonnomani shakllantirish va tumanda ishtirok etilgan maktablarni jadval ko`rinishida ilova qilingan xolda tashkiliy qo`mitaga talab darajasida rasmiylashtirib taqdim etishi lozim;

Viloyat bosqichi yakunlari bo`yicha hujjatlari bilan birga:

– Tuman bosqichi yakuniy bayonnomasini va tumanlardan olingan jadvallarni ilova qilish;

– Viloyat bosqichi xujjatlarini talab darajasida rasmiylashtirish, natijalarini o`rnatilgan tartibda shakllantirish;

– Buyurtmada kimlar kelishini aniq ko`rsatish.

– 2015 yilning 15 apreliga qadar tashkiliy qo`mitaga taqdim etilishi zarur;

Comments are closed.