“Ta‘lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o`tkazildi.

Xalq ta‘limi vazirligining 2014 yil 16 oktyabrdagi 291-sonli buyrug`iga asosan joriy yilning 25-26 noyabr kunlari Buxoro viloyatida “Ta‘lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o`tkazildi.

Ushbu konferensiya uchun Tashkiliy qo`mitaga Xalq ta’limi vazirligiga qarashli Respublika tashkilotlari,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyat xalq ta‘limi boshqarmalari, hududlardagi Pedagogika institutlari hamda hududiy pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari hamda ta‘lim muassasasalaridan jami 200 dan ortiq  tezis materiallari kelib tushdi. Ushbu tezis materiallari  ishchi guruhi tomonidan ko`rib chiqildi va  98 ta  ma‘ruzalar tezislar to`plamiga kiritildi.

Konferensiyaga tashrif buyurgan 100 nafardan ziyod ishtirokchilar tomonidan  Buxoro shahridagi  17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ingliz tili, ona tili, matematika, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari, biologiya, adabiyot, tarix, davlat va huquq asoslari fanlaridan; 35-umumiy o`rta ta‘lim maktabida matematika, tabiatshunoslik, adabiyot, geografiya, ona tili, fizika, biologiya, jismoniy tarbiya fanlaridan; 2-umumiy o`rta ta‘lim maktabida  ingliz tili, rus tili, matematika, ingliz tili fanlaridan; 23-umumiy o`rta ta‘lim maktabida  ingliz tili, matematika, rus tili, ona tili, tarix, chizmachilik, biologiya fanlaridan tashkil etilgan namunaviy darslar kuzatiladi va dars tahlillari o`tkazilib, o`zaro tajriba almashadilar. Sho`balarda muhokama, taqdimot ishlari olib borildi.

I sho`ba: O`quvchi talabalar faoliyatini faollashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar  (D.Abdurazzoqova-Toshkent shahar PXQTMOI katta o`qituvchisi).

II sho`ba: O`quv-tarbiya jarayonini samarali boshqarishga yo`naltirilgan pedagogik texnologiyalar  ( Sh.Ne‘matov-Qori Niyoziy nomidagi O`zPFITI ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o`rinbosari, N.Ismatova- RTM bo`lim boshlig`i).

III sho`ba: O`yin tarzidagi ta’lim texnologiyalari: chet tillari misolida
(M.Rasulova -A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI katta o`qituvchisi)

IV sho`ba: Rivojlantiruvchi ta‘lim texnologiyalari (N.Yo`ldosheva-Toshkent viloyati PXQTMOI Ma‘naviy-ma‘rifiy va ilmiy ishlar bo`yicha prorektor, p.f.n. dotsent,   M.D. Pardaeva- RTM direktor o`rinbosari).

V sho`ba: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar maxsus ta‘lim mazmunini takomillashtirish omili sifatida (M.Ayupova- Nizomiy nomidagi TDPU professori, p.f.d., Sh.Ahmedova-RTM bosh metodisti).

VI sho‘ba: Boshlang‘ich ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish (B.Abdullaeva- Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang`ich ta’lim fakulteti dekani, p. f. d., professor) mavzularida faoliyat ko`rsatadilar.

Sho`balarda ishtirokchilar tezislari yuzasidan  taqdimot  qiladilar, o`zaro fikr almashildi, kelgusi rejalar belgilab olindi.

Tezislar to`plamini yuklab olish

No comments yet.

Fikr qoldirish