UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARI UCHUN “O‘ZBEKISTON TARIXI” O‘QUV-METODIK QO‘LLANMALARI NASHRDAN CHIQDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 27 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g’risida”gi qarori ijrosidan kelib chiqib, O‘zekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Respublika Ta’lim markazi bilan hamkorlikda o‘qituvchilar uchun 6-9-sinf “O‘zbekiston tarixi” (xrestomatiya) o‘quv-metodik qo‘llanmalarini (4 ta kitob) nashrdan chiqardi.

Akbar Zamonov boshchiligidagi mualliflar guruhi va t.f.n. dotsent Zokirjon Saidboboyev mas’ul muharrirligida tayyorlangan mazkur o‘quv-metodik qo‘llanmalar respublikamizning umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan tarix fani o‘qituvchilariga interfaol usullarda dars o‘tishini yanada rivojlantirish, pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotga joriy etishda pedagog-o‘qituvchilarning kasbiy malakasi, ilmiy salohiyati va mahoratini oshirishga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadlarini inobatga olgan.

         “Tafakkur” nashriyoti tomonidan chop etilgan mazkur o‘quv-metodik qo‘llanmalarda xrestomatiya qismi mavjud bo‘lib, unda tarixiy davrlardaga birlamchi manbalardan mavzuga doir hali muomalaga chiqmagan ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan. Shu juhatdan, ushbu qo‘llanmalar tarix ta’limi yo‘nalishida ilk qadam hisoblanadi.

6-синф

O'zbekiston tarixi 7

O'zbekiston-tarixi-8

TARIX 9

Muhokama

  1. fazliddin 18.09.2016 21:25 #

    6 – 9 sinflar uchun metodik qo’llanma chiqqani yaxshi bo’libdi. Ushbu kitoblarni qayerdan va qanday usulda xarid qilish mumkin

  2. fazliddin 20.09.2016 09:48 #

    zo’r bo’libdi ush bu kitoblarni chiqarilgani. Endi ushbu kitoblarni qayerdan va qanday yo’l bilan olsa bo’ladi?

  3. Bahtiyor 09.12.2016 19:41 #

    Katta rahmat. Lekin bu kitoblarni iloji bo’lsa qayerdan olish mumkinligini ham aytsangiz nur ustiga a’lo nur bo’lardi. Agar iloji bo’lsa e-mailimga tashab bersangiz undan ham yaxshi, oldindan KATTA RAHMAT

Fikr qoldirish